Toshkentda yangi yuqori texnologiyali NAPA texnoparkini qurish rejalashtirilgan.

Toshkentda yangi yuqori texnologiyali NAPA texnoparkini qurish rejalashtirilgan.

  • Технология
  • 01.08.18
  • 467

Toshkentda yangi yuqori texnologiyali NAPA texnoparkini qurish rejalashtirilgan. Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo'jayevning poytaxt tadbirkorlari bilan uchrashuvi davomida bu ma`lum bo'ldi, deb xabar qilmoqda Spot.

«NAPA Team kompaniyasi ikki yil davomida yuqori texnologiyali texnopark loyihasini ishlab chiqdi, u IT-tadbirkorlikning rivojlanishiga yordam beradi hamda IT-mutaxassislarni amaliyotga o'rgatish uchun joy bo'ladi», - dedi loyiha muallifi Umid Abdusattorov.

Xabar qilinishicha, poytaxt ma`muriyati rahbariga g'oya yoqqan va taqdimot natijalariga ko'ra, tomonlar muhokamani davom ettirishga qaror qildi.

Technopark NAPA loyihasi isroillik mutaxassislar yordamida ishlab chiqilgan. Unga 12 ming kvadrat metrlik inshootlar ajratilishi rejalashtirilgan.

Ilk uch yilda mahalliy va xorijiy sarmoyadorlar hamda xorijiy akseleratorlardan 5 mln AQSh dollari miqdorida sarmoyalarni jalb qilish ko'zda tutilgan.

© NAPA TEAM 2018